6 exercises to get rid of back pain
Bel og’rig’idan xalos bo’lish uchun 6 xil maslahat
Tuesday, Jun 27, 2023
6 exercises to get rid of back pain

Bel og’rig’idan xalos bo’lish uchun 6 xil maslahat

Tuesday, Jun 27, 2023

Yoshimiz ulg’aygan sari bo’g’inlarimiz eskirib, og’riy boshlaydi. Bu surunkali yoki birdan bo’ladigan og’riqlarga olib kelishi mumkin. Voyaga yetgan aholining 80% dan ortig’i bel og’rig’idan aziyat chekdi.

Bel og’rig’ining sabablari juda ko’p bo’lishi mumkin, ammo barcha bel og’riqlari oddiy ko’rinadigan kundalik vazifalarni bajarishni juda qiyinlashtirishi mumkin. Bu ko’p odamlar uchun yomon ta’sir o’tkazish mumkin va hatto sizning harakatchanligingiz va jismoniy faoliyatingizga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Yaxshiyamki, bu muammolarni hal qilish mumkin bo’lgan echimlar mavjud – pastki bel og’rig’i bilan bir qatorda yuqori bel og’rig’ini, jumladan, kundalik hayotingizda jismoniy faollik va eng muhimi, samarali bo’lgan past intensivlikdagi belni cho’zish va bel mashqlari; bu harakatlar immunitetingizni yaxshilashga yordam beradi. Bu yerda sanab o’tilgan mashqlar Pilates va yogdir, ular uchun mahsus instrumentlar kerak bo’lmaydi, ular faqat endigina mashq bajarishni boshlaganlar va yopiq joyda mashq qilubchilar uchun foydalidir.

Quyida orqa og’rigi’idan xalos bo’lish uchun batafsil ma’lumotlar berilgan.

Tizzalarni ko’krakka cho’zish

Yerga yoting, qo’llaringizni yon tomonlaringizga qo’ying, kaftlaringizni pastga tushiring. Bir vaqtning o’zida tizzalaringizni ko’kragingizga torting. Shu bilan birga, pastki orqa qismini yerga bosishga harakat qiling. Ko’proq yengillik uchun siz tizzalaringizni ushlab, ko’kragingizga yaqinroq tortishingiz mumkin. Buni qilayotganda belingizni siqmang. Ushbu mashqni 10-15 marta takrorlang.

O‘tirgan holda gavdani aylantirish

Kresloga o’tirishdan boshlang. Orqangizni iloji boricha tekis tutgan holda o’tiring. Endi orqa va yelkangizni bir tomonga sekin aylantiring. Ushbu holatni taxminan 15 soniya ushlab turing va keyin boshlang’ich pozitsiyasiga qayting. Buni boshqa tomondan takrorlang. Ushbu mashqni har bir yo’nalishda 5-10 marta bajaring..

Mushuk, sigir holatidagi mashqlar

Mushuk,Sigir holatida mashqni boshlash uchun, yerga tekist yoting,qo’llaringiz va tizzalaringiz polda, umurtqa pog’onasi tekis va erga parallel bo’lishi kerak. Tizzangiz sonningiz bilan yelkangiz esa kaftingiz bilan parallel ekanligi ishonch hosil qiling.

Sigir holati:

Nafas olayotganda, yelkangizni orqaga buring va qorinni buking. Bu sizning belingizdagi tabiiy egrilikka olib keladi. Ushbu holatni bir necha nafas olish uchun ushlab turing..

Mushik holati

Keyin, nafas olayotganda o’rta va yuqori orqa tomoningizni shiftga qarating. Bu sizning yuqori orqa tarafingizda tabiiy tepalikka olib keladi. Bir necha nafasni ushlab turing.

Endi nafas oling va sigir holatiga qayting. Ushbu muqobil pozalarga o’tish bir tekis va asta-sekin bo’lishiga ishonch hosil qiling.

Ushbu mashqni 10-15 marta takrorlang.

Tos suyagining egilishi

Yerga yoting. Oyoqlaringiz tizzangiz tagida bo’lishi uchun buking. Bu holatda, sizning belingiz poldan biroz uzoqlashishi tabiiy.Keyin nafas oling va tizzalaringizni tebranadigan harakatlar bilan boshingizga qarab muloyimlik bilan harakatlantiring. Siz belingiz yerga qarab bosilayotganini his qila boshlaysiz. Bu holatda bir necha sonya qoling va uni 5 yoki 10 marotaba takrorlang.

Oʻtirgan holda oldinga egilish

Oyoqlarni oldinga cho’zgan holda yerga o’tiring. Oyoq barmoqlaringizni o’zingizga egib, barmoqlaringizni tegizish uchun oldinga egilib turing. Qo’lingizdan kelganicha tanangizni kestirib, bosishga harakat qiling. Buni haddan tashqari oshirmang, imkon qadar qiling. Ushbu mashqni 10-15 marta takrorlang.

Ko’prikni suyash

Tizzangiz va oyog’ingizni bukkan holda yerga yoting. Barmoqlaringiz oyoqlaringizga yetib borishi uchun qo’llaringizni cho’zing.Oyoqlaringizni yerga mahkamlab belingizni ko’tarishga harakat qiling. Yoga bloki yoki yostiq bilan belingizni suyang. Bu holatda, bo’yiningizni siqmasdan, bir necha daqiqa turing.

Bosh holatga qaytish uchun belingizni suyab turgan yoga blogi va yastiqni astalik bilan oling va sekinlik bilan belingizni tushiring.

Bel orig’I ba’zi odamlarda oddiy ba’zilarda esa juda og’ir bo’lishi mumkin, kundalik mashqlarni bajarish ular uchun juda charchoqli bo’lishi mumkin. Biroq kundalik bel og’rig’ini kamaytirish uchun qilinadigan mashqlar og’riqni kamaytirishi va xatto immunitetni oshirishi mumkin. Unga imkoniyat bering!